kun.uz Instagram Analytics, Stats, Followers Count.

View the daily Instagram analytics of kun.uz. Find out full analytics and statistics below.

Kun.uz Engagement Rate: 0.07%

Instagram Engagement Analytics for @kun.uz per post

Avg. Likes

2.4K

Avg. Comments

66

Avg. Engagement

0.07%

Latest Posts

Check out the most recent kun.uz Instagram photos! Click on any post to find Analytics for it.

Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta'minlash bo‘yicha komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyeva Parijda YuNeSKO bosh direktori lavozimga qayta saylangan Odri Azule bilan uchrashdi. “Azule xonimni YuNeSKO ijroiya kengashi tomonidan mehnatlari e'tirof etilgani va ishonch bildirilgani bilan tabrikladim. Ushbu maqomdagi samarali sa'y-harakatlari, mamlakatimizda ko‘plab ajoyib loyihalarni, jumladan "Lazgi" baleti postanovkasi va boshqalarni amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdim”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva. Qayd etilishicha, Odri Azule doim madaniy tadbirlar markazida bo‘lib, YuNeSKO manfaatlari yo‘lida astoydil xizmat qilib, jahonning tarixiy va madaniy boyliklarini asrashga munosib hissa qo‘shmoqda. “Bu inson hamisha yurtimizning ardoqli mehmoni bo‘ladi!” - deydi Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari. Ma'lum qilinishicha, Odri Azule bilan uchrashuvdan so‘ng YuNeSKO binosiga ekskursiya uyushtirilgan. “1889 yilda qurilgan La Bourse de Commerce birjasiga ham bordik. Bu yerda Fransua Pino zamonaviy san'at jamg‘armasining muzeyi joylashadi. YuNeSKO tashkiloti binosi bilan Birjani bir ism birlashtiradi — Tadao Ando. Bu arxitektor YuNeSKO ustavi kuchga kirganining 50 yilligi munosabati bilan tashkilot binosi korpuslari orasida meditatsiya pavilonini barpo etdi. Birja binosi esa uning Fransiyadagi eng yirik loyihasi va Fransua Pino bilan hamkorlikda amalga oshirgan uchinchi muvaffaqiyatli loyihasidir. Tadao Andoga tegishli arxitektura namunalari bilan tanishishni intiqlik bilan kutayotgandim — u O‘zbekiston davlat san'at muzeyi yangi binosining dizayn-konsepsiyasi muallifidir. Nazarimda, Tadao Ando Parij Birjasi binosi ichida barpo etgan konsepsiya mukammal darajada. Binoning tarixiy qiyofasi tiklangan. Muzeyimiz uchun me'mor tanlashda ham uning arxitektura shakli va nisbatini buzmagan holda nurni to‘g‘ri yo‘naltirish mahorati inobatga olindi”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

  • heart
    4.6K Likes
  • heart
    56 Comments
  • engagement
    0.12% Engagement
  • heart
    4.6K
  • heart
    56
  • engagement
    0.12%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

“Hali o‘g‘limni ko‘rmadim” – dehqon yigitning farzandi yashab qolsin Uzcard: 8600 0417 8828 1922 Umarxon Sattorov nomida Humo: 9860 1301 5299 0656 Umarxon Sattorov nomida Surxondaryoning Angor tumanida istiqomat qiladigan yosh oila umid bilan kutayotgan farzand tug‘ma yurak porogi bilan dunyoga kelgan. Chaqaloq tug‘ilganidan keyin 10 kun ichida operatsiya qilinsagina yashab keta oladi. Farzandlari tug‘ilganidan beri hali uning diydorini ko‘ra olmagan ota-ona hozir operatsiya uchun mablag‘ ilinjida sarson. “Ikkinchi farzandimga homiladorligimning 6 oyligida yuragida nuqson borligini bildim. Lekin bu paytda homiladorlikni to‘xtatishning iloji yo‘q va men buni xohlamas edim. Bu kasallik haqida ma'lumotlar bilan tanishdim, shifokorlardan surishtirdik. Ular buning shifosi borligini, bola tug‘ilgan zahotiyoq 10 kun ichida yuragini operatsiya qildirsak tuzalib ketishini aytishdi. Ko‘nglimizda umid uyg‘ondi. Lekin afsuski qo‘limiz kaltaligi sabab operatsiya uchun ketadigan mablag‘ni to‘play olmadik. Bolam tug‘ilganiga 5 kun bo‘ldi. Ammo hali bolamni bag‘rimga bosmadim. Tug‘ilgan paytidayoq uni jonlantirish bo‘limiga olishgan. Tug‘uruqxonada hamma ayollar onalik baxtidan masrur bo‘lib chaqaloqlarini bag‘riga bosayotgan pallada men quruq qo‘l bilan tug‘uruqxonadan chiqiboq operatsiya uchun madad qidirib keldim. Farzandim yashab ketishi uchun hamma narsaga tayyorman”, deydi chaqaloqning onasi Mohigul Azimova. Ayolning turmush o‘rtog‘i Umarxon Sattorov o‘z qishlog‘ida dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Dard qarshisida mushkul holatda qolgan yigit birovdan yordam so‘rashga ham iymanadi. Lekin u bugun shunga majbur bo‘lganini aytadi: “O‘g‘lim bo‘lishini orzu qilganman. Shunday baxtga yetdim deganda bolam dard bilan tug‘ildi. Hali men ham, onasi ham uni ko‘rmadik. Shifokorlar suratga olib berishdi va shu bilan o‘zimizga tasalli berdik. Hozir operatsiyaga tayyorlashyapti, lekin operatsiya uchun mablag‘ yo‘qligi hamma umidlarimni puchga chiqaryapti. Nahotki, ota bo‘lib ko‘z oldimda shamdek so‘nayotgan o‘g‘limni saqlab qolishga imkon topa olmasam?

  • heart
    1.5K Likes
  • heart
    69 Comments
  • engagement
    0.04% Engagement
  • heart
    1.5K
  • heart
    69
  • engagement
    0.04%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon bolalar kuniga hamda YUNISEFning 75 yilligiga bag‘ishlangan «Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziyani ta'minlash» deb nomlangan yuqori darajadagi xalqaro forumda qatnashdi. Forum ishi nogironligi bo‘lgan bolalar duch keladigan qiyinchiliklarni yengish va ularning o‘sishi, o‘z salohiyatini to‘liq amalga oshirishi uchun inklyuziv hamda qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga qaratilgan. «Barcha bolalarning huquqlari va erkinliklari bir xil darajada kafolatlanishi lozim. Ularning manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak. Dunyodagi har bir bola bunga loyiqdir. Nogironligi bo‘lgan bolalar jamiyatning to‘laqonli a'zolaridir. Ularning faol va maroqli hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shubhasiz, juda muhim», dedi o‘z nutqida Ziroat Mirziyoyeva. «Barcha bolalarning huquqlari va erkinliklari bir xil darajada kafolatlanishi lozim. Ularning manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak. Dunyodagi har bir bola bunga loyiqdir. Nogironligi bo‘lgan bolalar ham jamiyatning to‘laqonli a'zolaridir. Ularning faol va maroqli hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shubhasiz, juda muhim», dedi o‘z nutqida «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva. Forumda Ziroat Mirziyoyeva va Afshan Xan nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish bo‘yicha umummilliy kampaniya boshlanishini e'lon qildi. «To‘siq bu - harakatga to‘g‘onoq bo‘luvchi cheklovlar emas. To‘siq - ongimizda. Uni yo‘qotish uchun avvalo to‘g‘ri tushuncha va qarashlarni shakllantirish, o‘zaro ishonch va hamjihatlik zarur. Biz, jismoniy, ijtimoiy holatimizdan qat'i nazar, hamma insonlar teng ekanligini inkor etmasligimiz lozim. Shu o‘rinda, YUNISEF bilan hamkorlikda mana shunday xayrli maqsadlarga xizmat qiladigan axborot kampaniyasini boshlayotganimizni e'lon qilmoqchiman. Batafsil saytimiz orqali tanishishingiz mumkin.

  • heart
    2.6K Likes
  • heart
    102 Comments
  • engagement
    0.07% Engagement
  • heart
    2.6K
  • heart
    102
  • engagement
    0.07%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

Nega yoshlar o‘zlarini zaharlashmoqda? O‘zbekistonda sog‘lom bo‘la turib “Tropikamid”, “Lirika”, “Regapen”, “Zardeks” singari dorilarni iste'mol qilayotgan yoshlar sezilarli darajada ko‘paygan. Kun.uz mazkur muammo sabablarini o‘rgandi. Bugun yoshlar orasida ayrim dori vositalarini kayf-u safo ilinjida iste'mol qilish holatlari ko‘p uchramoqda. Masalan, “Tropikamid”, “Lirika”, “Regapen”, “Zardeks”. Aslida mazkur dorilardan ko‘z yoki boshqa tana a'zolari kasalliklarini davolashda foydalaniladi va ularning savdosi qonun asosida nazorat qilinadi. Dorixonalarda ushbu dorilar shifokor retsepti asosida sotilishi shart. Lekin afsuski, “qilni qirq yoradigan uddaburon”lar shunday turdagi dorilarni noqonuniy yo‘llar bilan sotib olib, iste'mol qilyapti. Oqibatda nafaqat o‘z sog‘ligiga, balki atrofdagilarga ham zarar yetkazmoqda.

  • heart
    286 Likes
  • heart
    12 Comments
  • engagement
    0.01% Engagement
  • heart
    286
  • heart
    12
  • engagement
    0.01%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

Qonun bilan transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarga bluetooth, quloqchin va boshqa qo‘lni band qilmaydigan garnituralar foydalanishga ham ruxsat berilmoqda. Senatorlar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni ma'qulladi. Senatning yigirma birinchi yalpi majlisida ma'qullangan qonunga ko‘ra, ma'muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, bir qator huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar maqbullashtirilmoqda. Xususan: transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik yoki muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi; yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik; pasport tizimi qoidalarini buzganlik; fuqarolar tomonidan valuta qiymatliklarini noqonuniy olganlik yoki o‘tkazganlik uchun jarimalar miqdori kamaytirilmoqda. Shuningdek, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarga bluetooth, quloqchin va boshqa qo‘lni band qilmaydigan garnituralardan foydalanishga ruxsat berish nazarda tutilmoqda. Qonun bilan transport vositasi salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilinmoqda, shuningdek, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborganda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlab hisoblash joriy etilmoqda. Bundan tashqari, qonunda ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasasi tomonidan berilgan biometrik pasport (ID-kartasi) mavjud bo‘lgan taqdirda, haydovchidan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjat, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi talab etilmaydigan tartib belgilanmoqda. Avvalroq Adliya vazirligi transport vositalari haydovchilariga bir qator qulayliklar yaratishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqqani xabar berilgandi.

  • heart
    6.3K Likes
  • heart
    156 Comments
  • engagement
    0.16% Engagement
  • heart
    6.3K
  • heart
    156
  • engagement
    0.16%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

Saadat momo Abdullayeva 1914 yili To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. U 1 yanvarda 108 yoshni qarshi oladi. Saadat momo Qoraqalpog‘istonning eng olis hududi Miskin ovulida yashaydi. Mehnat faoliyatini 1938 yili kolxozda boshlagan. II jahon urushida front ortida mehnat qilgan. «Kolxozda ishladim. Yer ag‘dardim. Qazuv qazdim. U paytlari texnika yo‘q edi. Kanallarni qazdik. Undan keyin texnika chiqdi», — deydi yuzdan oshgan momo. 107 yoshli momo urush davri xotiralarini aytib berdi: «Urush davri hamma jangga ketdi. Undan hech kim qaytmadi. Urushda erim o‘ldi. O‘lik ko‘mishga odam qolmadi. Oxiri keksa ayollar o‘lik ko‘mishdi. Ana, Rajabboy buvangni ayollar qabristonga olib borishgan». Nukusdan 200 km olisda yashayotgan momo gaz yo‘qligidan shikoyat qildi: «Qishda qayerda gaz bo‘lsin?! Kesib tashladilar. Gaz yo‘q. Faqat ovqat pishirish uchun gaz ballon, plita bor. Boshqa gaz yo‘q. Bergan puliga o‘tin sotib olamiz. Sovuq qotsak nima qilaylik? Koshki, boshqa iloji bo‘lsa. Sovuq kuni sovuq qotib, issiq kuni qizib o‘tiramiz, bolam!» Saadat Abdullayeva urushdan keyin 31 yil maktabda farroshlik qilgan. U bir o‘g‘li va ikkita qizidan ayrilgan. Eri esa urushdan qaytib kelmagan. Keksa momoni hozir ham to‘ylarga taklif qilishadi. U xonadonga yangi tushgan kelinlarga yor-yor aytadi. 108 yoshga yaqinlashayotgan momoning sochlari qorayishni boshlagan. Momoning 2 ta qizidan 8 nevara, 15 chevara va 4 evarasi bor. Shuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.

  • heart
    1.5K Likes
  • heart
    37 Comments
  • engagement
    0.04% Engagement
  • heart
    1.5K
  • heart
    37
  • engagement
    0.04%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

Turkmanoboddagi pedagogika institutida o‘tkazilgan majlisda talabalarga VPNdan foydalanmaslik, Green Card lotereyasi o‘ynamaslik, oliy ta'lim muassasasiga telefon olib kelmaslik talabi qo‘yilgan. Majlisda chiqish qilgan rektor G.Muhammedov uch talaba so‘nggi vaqtlarda turkman talabasi nomini bulg‘aydigan nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yganini ma'lum qildi. Ikki nafar qiz fohishalik bilan shug‘ullangan, bir talaba esa o‘g‘rilik qilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olinganini aytgan. Prokuratura vakili xorij internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga salbiy ta'siridan shikoyat qildi. U talabalarga ijtimoiy tarmoqlar va VPN’dan foydalanmaslik, oliy ta'lim muassasasiga telefon olib kelmaslik, uni yotoqxona yoki uyda tashlab kelishni maslahat berdi. Oliy ta'lim muassasasi ayollar ittifoqi bo‘limi rahbari qizlar har yarim yilda ayollar maslahatxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va dekanatga tibbiy ma'lumotnoma taqdim etishlarini taklif etdi. Yig‘ilishda ko‘plab talabalar AQShning “Grin karta” (Diversity Visa Lottery) to‘ldirishayotgani borasida ham xavotirlar aytib o‘tildi. «Sizlarni ogohlantiraman, agar orangizda mana shu kartani to‘dirganlar yoki boshqa usullar bilan mamlakatdan ketishni istaydiganlar bo‘lsa, ular o‘qishdan haydaladi. Bu yerda vatanimiz uchun kadrlar tayyorlayapmiz», — degan rektor o‘zining yakuniy nutqida. Avvalroq Turkmaniston davlat madaniyat instituti o‘qituvchilaridan VPN ilovalaridan foydalanmaslik, Instagram hamda Facebook’ka kirmaslik haqida tilxat yozdirib olingani ma'lum qilingan edi. Ularga videorolik va fotosuratlar yuborish uchun Turkmanistonda ishlab turgan yagona IMO messenjeridan foydalanish taqiqlangan. Endi faqat matnli xabarlar yuborish mumkin.

  • heart
    17.7K Likes
  • heart
    944 Comments
  • engagement
    0.47% Engagement
  • heart
    17.7K
  • heart
    944
  • engagement
    0.47%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

Bugun, 19 noyabr kuni Toshkent shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda benzin narxi oshishiga doir ko‘cha surati paydo bo‘ldi. Uchtepa tumanidagi Katta qa'ni ko‘chasi joylashgan devorga tushirilgan ushbu suratlar muallifi – @inkuzart taxallusli ko‘cha rassomi. Muallif ushbu suratda do‘ppi va milliy kiyim kiygan oddiy o‘zbekistonliklarni benzin narxining oshishi «o‘ldirishi»ga urg‘u bergan. Devorga tushirilgan rasm bugunning o‘zidayoq o‘chirib tashlandi. Avvalroq, @inkuzart taxallusli ko‘cha rassomi Toshkentda UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasi va buning ortidan avtomobillar uchun paydo bo‘layotgan uzundan uzun navbatlarga bag‘ishlangan ko‘cha suratlari ham chizgan edi. Avtosalonlarda mashina xarid qilish uchun navbatda turganlar duch keladigan muammo «shapka» tizimi ham eslab o‘tilgan ushbu suratlar oradan bir necha kun o‘tib o‘chirib tashlangan edi. Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekistonda benzin narxi Turkmaniston va Qozog‘istonga nisbatan 2 barobar qimmatroq bo‘lib qolayotgani jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu holatni mas'ul tashkilotlar bozordagi erkin talab va taklif qonuniyati natijasida shakllangan deb baholashmoqda. Iqtisodchining fikriga ko‘ra, benzin va neft mahsulotlari importi ma'lum shaxslar tomonidan monopollashtirib olingan va ular bozorga o‘z shartlarini qo‘ymoqda.

  • heart
    33.4K Likes
  • heart
    815 Comments
  • engagement
    0.87% Engagement
  • heart
    33.4K
  • heart
    815
  • engagement
    0.87%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi sifatidagi so‘nggi qarorlaridan biri hokimlik balansidagi “Captiva”ni viloyat ekologiya boshqarmasi balansiga o‘tkazish haqida. Biroq bu hujjatga asos qilib olingan hukumat qarori allaqachon o‘z kuchini yo‘qotgan. Toshkent viloyati hokimining 2021 yil 18 noyabr kuni qabul qilingan qarorida viloyat hokimligi balansidagi 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Chevrolet Captiva” rusumli, davlat raqami belgisi 10 004 TVH bo‘lgan xizmat avtomashinasi davlat raqami bilan birga Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi balansiga o‘tkazilishi nazarda tutilgan. E'tiborli jihati, Davron Hidoyatov tomonidan qabul qilingan qarorda asos sifatida keltirilgan Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011 yildagi 153-sonli qarori, Hukumatning 2021 yil 29 apreldagi 258-sonli qaroriga asosan, 2021 yil 1 iyuldan o‘z kuchini yo‘qotgan. Hokim qarorini qabul qilishda viloyat hokimligi yuridik xizmati tomonidan e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Sababi, prezidentning 2017 yil 19 yanvardagi 2733-sonli qaroriga asosan, davlat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borishga davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari mas'ul etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, Davron Hidoyatov 2021 yil 18 noyabr kuni Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod qilinib, Chirchiq shahriga hokim etib tayinlandi. Bundan avvalroq, Kun.uz Navoiy viloyatining sobiq hokimi Qobul Tursunov oxirgi ish kunida o‘z farmoyishi bilan 22,5 mlrd so‘m “tarqatgani”, bu “sahiylik” ayrim savollarni yuzaga keltirgani haqida yozgandi.

  • heart
    3.2K Likes
  • heart
    80 Comments
  • engagement
    0.08% Engagement
  • heart
    3.2K
  • heart
    80
  • engagement
    0.08%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

Samarqand shahrida joriy yilning 18 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining I forumi o‘z ishini boshladi. Forumda respublikadagi sakkizta tibbiyot OTMlaridan yuzdan ortiq talabalar ishtirok etdi.

  • heart
    393 Likes
  • heart
    6 Comments
  • engagement
    0.01% Engagement
  • heart
    393
  • heart
    6
  • engagement
    0.01%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o‘rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma'ruzani Oliy Majlisga taqdim etadi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi. Ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

  • heart
    4.9K Likes
  • heart
    241 Comments
  • engagement
    0.13% Engagement
  • heart
    4.9K
  • heart
    241
  • engagement
    0.13%
Kun.uz Instagram
kun.uz Instagram

2021 yilda O‘zbekistonga mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 7,6 milliard AQSh dollarini yoki mamlakat YaIMning 11,6 foizini tashkil etishi kutilmoqda. Jahon bankining Migratsiya va rivojlanish masalalari bo‘yicha e'lon qilingan hisobotida berilgan hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan chuqur global retsessiyaga qaramasdan 2020 yilda pul o‘tkazmalari oqimining barqarorligi deyarli saqlanib, atigi 1,7 foizga qisqargan bo‘lsa, keyingi o‘sish sur'atining tiklanishi kutilganidan ham jadalroq bo‘ldi. 2021 yilda past va o‘rta daromadli mamlakatlar mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari 7,3 foizga oshib, 589 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. «Migrantlarning pul o‘tkazmalari oqimi COVID-19 inqirozi davrida iqtisodiy qiyinchilikka duchor bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun hukumatning pul yordami dasturlariga juda yaxshi qo‘shimcha bo‘ldi. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy tangligini yengillashtirish uchun pul o‘tkazmalarini jo‘natishga qulayroq muhit yaratish - pandemiyadan keyingi global iqtisodiyotni qayta tiklash bo‘yicha hukumat siyosatining asosiy ustunlaridan biri bo‘lishi kerak», dedi Jahon bankining Ijtimoiy himoya va bandlik bo‘yicha global amaliyot departamenti direktori Mixal Rutkovski. Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga pul o‘tkazmalari hajmi 2020 yilda 8,6 foizga kamaygan bo‘lsa, Yevropa ittifoqidagi iqtisodiy tiklanish hamda neft va gaz narxlarining keskin oshishi hisobiga 2021 yilda uning hajmi 5,3 foizga o‘sib, 67 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2022 yilda pul o‘tkazmalari hajmi 3,8 foizga o‘sishi kutilmoqda. Pul o‘tkazmalari hozirda ushbu mintaqada tashqi moliyalashtirishning eng katta manbai hisoblanadi. Qirg‘iziston va Tojikistonga pul o‘tkazmalarining hajmi YaIMning 25 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. 2021 yilda O‘zbekistonga mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 7,6 milliard AQSh dollarini yoki mamlakat YaIMning 11,6 foizini tashkil etishi kutilmoqda.

  • heart
    3.6K Likes
  • heart
    164 Comments
  • engagement
    0.1% Engagement
  • heart
    3.6K
  • heart
    164
  • engagement
    0.1%

FAQ - kun.uz Instagram Account Stats

Here are some of the frequently asked questions about Kun.uz Instagram Account.

Answer: kun.uz Instagram account has 4M followers.
Answer: Engagement rate of kun.uz Instagram is 0.07%
Answer: Average likes are about 2.4K per post.
Answer: Average comments are about 66 per post.
Answer: Official Kun.uz username Instagram is @kun.uz